Jahon | 15:43 / 09.01.2017
9317
2 daqiqa o‘qiladi

Asad Ostonadagi muzokaralar ijobiy natija berishi kimga bog‘liqligini aytdi

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar natijasi ularda qaysi muxolifat ishtirok etishiga bog‘liq, dedi Suriya prezidenti Bashar Asad Fransiya OAVga bergan intervyusida.

"Boshqa tomonda kim bo‘ladi? Biz buni haligacha bilmaymiz... Haqiqiy Suriya muxolifatimi? Men "haqiqiy" deganda, unda Suriya xalqini nazarda tutdim. O‘ylashimcha, muxolifat bilan Suriyadagi muammolar yuzasidan fikr almashiladi", - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi SANA agentligi.

Shuningdek, Suriya prezidenti muzokaralarga tayyorligini tasdiqlab, Damashq tomonidan dialog uchun hech qanday to‘siqlar yo‘qligini bildirdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Toyyib Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni Ostonada tashkillashtiriladigan tinch muzokaralar jarayonida ishtirok etishga taklif qilish borasida kelishib olgani xabar qilingandi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv Jyeneva muzokaralarini to‘ldirishi lozim.

Uchrashuv Ostonada 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid