Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grozniyda IShIDga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Checheniston poytaxti Grozniy shahri markazida IShID terrorchilik guruhiga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS axborot agentligi shahar hokimligi matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
«“Checheniston yuragi” nomli masjid maydonida IShIDga yollangan yoshlarning ota-onalari tomonidan tashkil etilgan ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Shahar hokimligining qo‘shimcha qilishicha, Checheniston jamoatchiligi o‘z chiqishida IShID va uning yetakchisi Abu Bakr Al Bag‘dodiyning qilmishlaridan g‘azablanishlarini izhor qilishgan.
«To‘planganlar Checheniston yoshlarini ekstremistlarning targ‘ibotiga chuv tushmaslikka chaqirib, qarindosh va yaqinlarining nasihatlariga amal qilishga undashgan», — deya qayd etilgan xabarda.
Bir necha soat davom etgan namoyish yakunida odamlar IShID timsollari va Al Bag‘dodiy suratlari tushirilgan transparantlarni yoqishgan.
Mavzuga oid
14:47 / 12.01.2026
Ukraina razvedkasi: Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Kreml unga voris izlamoqda
19:43 / 04.01.2026
Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025