Jahon | 08:56 / 09.01.2017
3779
2 daqiqa o‘qiladi

Londonda metro xodimlari ish tashlashni boshladi

Londonda shahar metrosi ishchilari yakshanba kuni kechqurun bir sutkalik ish tashlashni boshladi. Bu haqda “Bi-bi-si” xabar bermoqda.

Ish tashlash mahalliy vaqt bilan 18.00da boshlangan. Norozilik aksiyasiga chiptalar sotish nuqtalarining yopilishi va ish o‘rinlarining qisqartirilishi sabab bo‘lgan. Kasaba uyushmalari ittifoqi a'zolarining fikricha, bu nafaqat metropolitenning boshqa xodimlariga bo‘lgan yuklamalarni oshiradi, balki yo‘lovchilar xavfsizligiga ham rahna solishi mumkin.

Londonda bir sutkaga aksariyat metro bekatlari yopildi, shu bilan bir qatorda, ularning ko‘pchiligi ish tashlash rasmiy ravishda boshlangunga qadar o‘z faoliyatini to‘xtatgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya poytaxti aholisini o‘z manziliga yetkazib qo‘yish uchun qo‘shimcha 150 ta avtobus ajratildi.

London meri Sodiq Xon shahar metrosini boshqaruvchi Transport for London (TfL) korxonasini kasaba uyushmasi bilan muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid