Sport | 17:47 / 10.01.2017
10968
2 daqiqa o‘qiladi

Inesta «Real» futbolchilariga qo‘ng‘iroq qilib, ulardan uzr so‘radi

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta «Real»ning bir qancha futbolchilariga qo‘ng‘iroq qildi va o‘z jamoasi nomidan ulardan uzr so‘radi. Bu haqda Marca xabar tarqatgan.

Kataloniyaliklar klubi futbolchilari FIFA taqdimot marosimiga kelmagani katta rezonansni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik «Barselona» bu marosimiga kelishi zarur bo‘lgani haqida gapirdi.

2016 yil futbolchisi sifatida taqdirlangan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham o‘z nutqida «Barselona» haqida esladi va shunday kunda bu jamoa futbolchilari yonida emasligidan afsusdaligini bildirdi.

Inesta «Real» futbolchilariga «Barselona»ning taqdimot marosimiga bormagani ikki jamoa futbolchilarining o‘zaro munosabatiga bog‘liq emasligini aytib o‘tgan. Inestaning so‘zlariga ko‘ra, klub Tsyurixga bormaganiga boshqa turli sabablar mavjud.

Bundan oldingi xabarlarda, «Barselona» Tsyurixga bormagani sababi jamoa futbolchilari Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Atletik»ka qarshi 11 yanvar kuni o‘tkaziladigan uchrashuvga yaxshiroq tayyorlanish zarurligi bilan bog‘liqligi aytilgandi. Ushbu jamoalarning birinchi uchrashuvida basklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

«Barselona» rahbariyati chiqargan qaror FIFAni ranjitdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid