Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada osma ko‘prikning qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Kolumbiyada osma ko‘prikning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmatlari xabar bergan.
"Bizda bo‘lgan ma'lumot 11 kishi halok bo‘lganidan dalolat beradi", - deya Kolumbiya halokat xatarlarini boshqarish bo‘yicha davlat milliy xizmati direktori Karlos Ivan Markesning so‘zlarini keltiradi Meksikaning Informador portali.
Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, fojia dushanba kuni ertalab Vilyavisensio shahrida yuz bergan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar, jumladan bir yarim yoshli go‘dak ham bor. U hodisa ro‘y bergan payt onasining qo‘lida bo‘lgan. Konstruktsiya balandligi 10-15 metrni tashkil qilgani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, 13 kishi jarohat olib, kasalxonaga olib ketildi.

Mavzuga oid
08:35 / 30.06.2026
Tarixni bog‘lab turgan ko‘priklar: dunyodagi eng qadimiy inshootlar
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
10:00 / 22.06.2026
Tramp qo‘llagan nomzod Kolumbiya saylovida yetakchilik qilmoqda
21:53 / 18.06.2026