Jahon | 11:10 / 10.01.2017
4902
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela Oliy sudi: parlament Maduroni prezidentlikdan olib tashlay olmaydi

Foto: AP

Venesuela Oliy sudiga ko‘ra, muxolifatdagi Milliy assambleya prezident Nikolas Maduroni lavozimidan chetlatish uchun yetarli vakolatlarga ega emas. 

Avvalroq, mamlakat parlamenti Maduroni o‘z majburiyatlarini bajarmayotgani sababli, davlat rahbari lavozimini tark etgan, deb topgan edi. Bu qarorni 106 nafar deputat ma'qullagandi. 

"Konstitutsiyaning 336-moddasiga va boshqa qonunchilik me'yorlariga muvofiq, deputatlarga respublika prezidentining siyosiy javobgarligiga oid qarorlar yoki o‘zlarining konstitutsiyaviy vakolatiga kirmaydigan qarorlar qabul qilmaslik tavsiya qilingan edi", — deyiladi sud bayonotida. 

Venesuelaning 1999 yilda qabul qilgan Konstitutsiyasi davlat rahbariga impichment qo‘llash jarayonini ko‘zda tutmaydi. Biroq, 222- va 232-moddalari parlamentning ijro hokimiyatini nazorat qilishini belgilaydi. 

Jumladan, parlament prezidentning o‘limi yoki iste'fosi tufayli "mutlaq yo‘q" deb tan olishi yoki Milliy assambleya qarori bilan "lavozimini tark etgan" deb topishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid