Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela parlamenti mamlakat prezidentini «iste'fo»ga chiqardi
Venesuela parlamenti mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni o‘z lavozimidan iste'fo bergan deb topdi. Bu haqda El Tiempo yozmoqda.
Parlament Maduroni mamlakatda iqtisodiy inqirozga yo‘l qo‘yganlikda ayblagan. Davlat rahbari o‘z lavozimidan iste'fo berish g‘oyasini 106 nafar parlamentariy ma'qullagan. 3 kishi betaraf qolgan. Bundan tashqari, ular mamlakatda yangi prezidentlik saylovi muddati tayinlanishini talab qilishgan.
Venesuela Konstitutsiyasi 233-moddasiga muvofiq, mamlakat parlamenti yoki Milliy assambleya davlat rahbarining lavozimidan iste'foga chiqqanini tan olishi mumkin, biroq, unga impichment e'lon qila olmaydi.
Venesuela Oliy sudi esa, mamlakat parlamenti prezidentni iste'foga chiqarish uchun «hech qanday vakolatga ega emas»ligini qayd etgan.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026