Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Ostona BMTda global urushlarga qarshi kurashni kuchaytirishga harakat qiladi
Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashidagi faoliyati global urushlar oldini olish uchun sa'y-harakatlarni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev aytib o‘tdi.
"Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashida olib boradigan ishlar mintaqalardagi qurolli qarama-qarshiliklar darajasini kamaytirishga va shu orqali global urushlarning oldini olishga qaratilgan bo‘ladi", — deyilgan prezident murojaatida. Uning nutqi Qozog‘iston TIV saytida keltirilgan.
Nazarboyevning ishonch bildirishicha, "davlatlarning muammolarini tinch yo‘l bilan hal etish va urushlardan voz kechish XXI asrda insoniyat o‘zini omon saqlab qolishi uchun eng asosiy vositadir".
Bundan tashqari, Qozog‘iston BMTning uzoq muddatga mo‘ljallangan tinchlikparvarlik tizimini yoqlaydi va BMT missiyasida o‘zining harbiy kuzatuvchilari hamda tinchlikparvar kuchlari sonini oshiradi.
"Kengashdagi faoliyatimiz davomida biz Falastin-Isroil qarama-qarshiligi, Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar, Afg‘oniston va Koreya yarim orolidagi muammo, Afrika va Osiyodagi inqirozlarning bartaraf etilishi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz", — degan prezident.
Qozog‘iston 2017 yil 1 yanvaridan boshlab 2 yillik muhlatga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi a'zosi etib saylangan.
BMT Xavfsizlik Kengashining 5ta doimiy a'zosi bor.
AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy Xavfsizlik Kengashi qaroriga veto kiritish huquqiga ega mamlakatlar hisoblanadi.
Xavfsizlik Kengashining nodoimiy 10 a'zosi 2 yil muddatga saylanadi va har yili 5tasining joyi almashadi.
Qozog‘iston BMTning global tinchlik va xavfsizlikni ta'minlovchi tizimiga saylangan ilk Markaziy Osiyo davlati bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:26
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026