Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kremldagilar AQSh tanklari Polshaga joylashtirilishini tahdid o‘laroq qabul qilmoqda
Rossiya Polshaning sharqiy qismiga amerikaliklarning tanklari va zirhli texnikalari joylashtirilishini tahdid sifatida qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskovga asoslangan holda TASS xabar bergan.
«Har qanday davlat ham o‘z chegaralari yaqinida boshqa davlatning harbiylari va texnikalari oshib borishiga salbiy nazar bilan qaraydi. Biz ham bu masalaga aynan shunday yondashamiz», — degan u.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Kremldagilar bu harakatlarni Rossiya xavfsizligi va manfaatlariga tahdid sifatida qabul qiladi.
12 yanvar kuni Polshaga amerikaliklarning tank bo‘linmalari yetib kelishi kutilmoqda.
O‘tgan yilning dekabrida AQSh 2017 yil yanvarida NATOning «Atlantik qat'iyat» missiyasi doirasida Polsha va Boltiq davlatlariga 4 ming harbiy xizmatchisini yuborishi haqida ma'lum qilgandi.
«Atlantik qat'iyat» AQSh tashabbusi bilan 2014 yil bahorida boshlangan bo‘lib, missiya NATO a'zolari bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan.
Germaniyada amerikaliklarning tanklarini sharqqa olib o‘tish boshlandi
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
11:12 / 31.10.2025