Jahon | 18:50 / 14.01.2017
6176
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sulning janubi-sharqiy qismi jangarilardan ozod qilindi

Iroq xavfsizlik kuchlari Mo‘so‘lning janubi-sharqiy qismini IShID jangarilaridan ozod qildi.

Iroq davlat televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, federal politsiya otryadlari harbiy-havo kuchlari yordamida Mo‘sulning Falastin, Somar, Domiz, Vaxde, Misak, Salom, Yarimja va Shirqiy Yarimja mavzelarini ozod qilgan.

2016 yil 17 oktabrga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sulning IShID jangarilaridan ozod qilinishi operatsiyasi boshlanishini e'lon qilgandi. Shahar 2014 yil iyunidan jangarilar nazoratida qolmoqda.

Jangarilarga qarshi operatsiya koalitsiya kuchlarining havodan qo‘llab-quvvatlashi va Iroq armiyasi, kurd ayirmachi kuchlari ("peshmerga"), "Xashdi Shabi" shia ko‘ngilli jangchilari va Iroq ichki ishlar vazirligi ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid