Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi turmada g‘alayon vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul shtatidagi Natal shahrida joylashgan turmada 14 yanvarda yuz bergan g‘alayon vaqtida kamida 10 kishi o‘ldirildi, deb ma'lum qildi shtat rahbariyati.
G‘alayon ko‘tarilishiga ikki raqib to‘da vakillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. Guruhlardan biri raqiblari joylashgan blokka bostirib kirgandan keyin u yerda ommaviy mushtlashuv chiqqan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 3 nafar mahbus boshidan judo qilingan.
Folha de Sao Paulo portalining ma'lum qilishicha, 14 yanvar kechki vaqtga kelib, g‘alayon davom etayotgan bo‘lgan, u yerga harbiylashtirilgan politsiyaning kuchaytirilgan tuzilmalari jo‘natilgan. Braziliya adliya vazirligining ma'lum qilishicha, hozir 620 kishiga mo‘ljallangan ushbu turmada 1,1 ming mahbus saqlanmoqda,
Yanvar boshidan Braziliyadagi turmalarda yuz bergan g‘alayonlar oqibatida 100 kishidan ko‘proq odam o‘ldirildi. Roraym shtatidagi turmalardan biridagi g‘alayon vaqtida kamida 33 mahbus, Manaus shahridagi g‘alayon vaqtida esa 60 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026