Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chechenistonda terrorchilarning qarindoshlarini surgun qilishga qaror qilindi
Yaqinda noqonuniy qurollangan tuzilma a'zolarini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilgan Chechenistonning Kurchaloyev tumanidagi Tsotsi-Yurt qishlog‘ida o‘tgan xalq yig‘inida shunday noqonuniy to‘dalarga qo‘shilganlarning oilalari, qarindoshlarini yashayotgan joylaridan ko‘chirishga qaror qilindi. Bu haqda "Groznyy" telekanali xabar bermoqda.
Minglab odamlar qishloqning o‘nlab oilalariga ziyon yetkazgan jinoyatchilarning qarindoshlari qanday javobgarlikka tortilishi kerakligini hal qilish uchun yig‘ildilar. Natijada bunday jinoyatchilarning oilalari, yaqinlarini jangarilarning boshqa biror bir aholi punktining tinch aholisi xavfsizligiga tahdid qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘chirib yuborishga qaror qilindi.
11 yanvarda Kurchaloyev tumanida jangarilarni aniqlash bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilgan. Banditlar qo‘lga olinishi vaqtida qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda ularning 4 nafari yo‘q qilingan, bir nafari qo‘lga olingan. Operatsiya vaqtida "Shimol" batalonining ikki jangchisi – 24 yoshli X.Xushumov va 30 yoshli B.Xutayev halok bo‘lganlar.
Mavzuga oid
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
14:47 / 12.01.2026