Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kurdlarning Ostonada o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymadi
Suriyadagi "Demokratik Federatsiya" (kurd muxtor hududining boshqaruv organi) ijroiy qo‘mitasi Suriya shimolidagi kurdlar vakillarining Ostonadagi tinchlik konferensiyasida ishtirok etmasligini qoraladi. Bu ma'lumot Firat axborot agentligi tomonidan tarqatildi.
Qo‘mita bayonotida qayd etilishicha, kurdlar delegatsiyasining bu uchrashuvda bo‘lmasligi "forum ishi ijobiy natija" keltirmasligiga sabab bo‘ladi.
"Demokratik federatsiya" hamraisi Fauza Yusufning aytishicha, "Suriya demokratik kuchlari" qurolli koalitsiyasining tinchlik muzokaralaridagi ishtirokini Suriyadagi vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni maqsad qilgan Turkiya tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriya Arab Respublikasi shimolida o‘z ta'sirini kengaytirishga intilmoqda va bu hududda kurdlarning kuchayishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
"Turkiya pozitsiyasi Shimoliy Suriya federatsiyasini tuzishdan qaytara olmaydi. Bu loyiha 2 hafta avval Rumeylendagi forumda qatnashgan 165 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi", deya qayd etgan Yusuf.
Uning fikricha, bu loyiha hududda istiqomat qiluvchi arablar, kurdlar, ossurlar, turkmanlar va armanlarning manfaatlarini ifodalaydi.
"Suriya demokratik kuchlari" asosi kurd otryadlaridan iborat bo‘lib, bu harbiy bo‘linmalar Xasekeni IShIDdan ozod qildi hamda Halab shimolidagi Kobani va Manbijni jangarilar egallab olishiga yo‘l qo‘ymadi.
"Terrorchilar bilan janglardagi muvaffaqiyatlarni hisobga olgan holda SDI boshqa har qanday fraksiyadan ko‘ra Ostonadagi yig‘ilishda ishtirok etishga haqli edi", deya qayd etgan federatsiya hamraisi.
U kurdlarning partiyasi 2016 yilda Jyeneva muzokaralariga chaqirilmagani va oqibatda bu muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini eslatib o‘tgan.
Rossiya va Turkiya tashabbusi bilan Suriyadagi nizoli tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar 23 yanvar kuni Ostonada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Suriya prezidenti Bashar Asad ham Ostonada muxolifat bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini aytgan.
"Agar haqiqiy Suriya muxolifati bo‘lsa, ya'ni Saudiya Arabistoni, Fransiya va Buyuk Britaniya odamlari emas, oddiy suriyaliklar bo‘lsa, unda biz asosiy masalalarni muhokama qila olamiz", — degan Suriya prezidenti.
Uchta davlat diplomatlari Suriya bo‘yicha Ostonadagi uchrashuvga tayyorgarlikni muhokama qilishdi
Rossiya Tramp ma'muriyatini Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralariga taklif qilgan
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
01:20 / 30.03.2026