Jahon | 00:41 / 15.01.2017
4154
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada "aksilimperialistik mashg‘ulotlar" o‘tkazilmoqda

Foto:@PresidencialVen

Venesuela qurolli kuchlari yirik ko‘lamdagi aksilimperialistik mashg‘ulotlar "Samora-200"ni o‘tkazmoqda. Bu haqda Noticias24 nashri xabar bermoqda

Mamlakat qurolli kuchlari vakili Jyekson Sanches mashg‘ulotlarda 115 ming kishi ishtirok etayotganini, biroq ularning soni yanada oshirilishi mumkinligini aytgan.

"Boshqa bo‘linmalar bizning bosh qo‘mondon, prezident Nikolas Maduroning buyrug‘i bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishga to‘liq shay holatda turibdi", deb aytdi Sanches.

Mashg‘ulotlardan maqsad fuqarolik-harbiy ittifoq doirasida mamlakatni to‘liq himoyalash uchun kuchlarni safarbar qilish imkoniyatlarini kuchaytirish hisoblanadi. Mashg‘ulotlarga harbiylardan tashqari, aholini oziq-ovqat va xo‘jalik mahsulotlari bilan ta'minlashga javob beruvchi tashkilotlar xodimlari jalb qilinganlar.

Avvalroq Maduro davlat to‘ntaruvlariga qarshi kurashuvchi brigadaning yaratilishini va uning tarkibiga maxsus xizmatlarning yuqori lavozimdagi xodimlari kirishini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid