Jahon | 00:27 / 16.01.2017
5276
2 daqiqa o‘qiladi

BAAlik tadbikorlar Qozog‘istondagi xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirildilar

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlashgan Arab Amirliklari tadbirkorlarini Qozog‘istondagi keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga chaqirdi. Nazarboyev bu taklifini BAAga rasmiy tashrifi vaqtida bu mamlakatning ishbilarmonlik doiralari vakillari bilan uchrashuvda bildirdi.

Nazarboyev  Qozog‘iston yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha kampaniya o‘tkazayotgani va uning doirasida 700 ga yaqin aktiv sotuvga qo‘yilganini ma'lum qildi. "Bular tog‘-metallurgiya, neft qazib oluvchi tarmoq, energetika, transport va aloqa, infratuzilma obektlari aksiyalaridir. Biz amirlik kompaniyalarining xususiylashtirishda ishtirok etishini qutlaymiz", deb aytgan Nazarboyev. 

Nazarboyev BAA kompaniyalariga maxsus iqtisodiy va sanoat hududlari boshqaruvini olishni taklif qildi.

"Bizni BAAning sanoat hududlarini rivojlantirish bo‘yicha katta tajribasi qiziqtiradi. Biz bunday hududlarni amirlik kompaniyalari boshqaruviga berishga tayyormiz", deb aytgan Nazarboyev.

Ayni vaqtda Qozog‘istonda 10 ta maxsus iqtisodiy hudud va 20 ta sanoat hududi ishlamoqda. 

BAAning Qozog‘istonga oxirgi 25 yil ichidagi bevosita investitsiyalari hajmi 2 mlrd dollarga yetgan.

Nazarboyev Ostonada umumiy qiymati 1,6 mlrd dollarlik "Abu Dabi plaza" investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid