Tramp tvitterda AQSh prezidenti sifatida rasmiy sahifa yuritishdan bosh tortdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tvitterda o‘zining shaxsiy sahifasini (@realDonaldTrump) yuritishda davom etadi. U inauguratsiya marosimidan keyin Barak Obama tomonidan qoldirilgan sahifani (@POTUS) qabul qilishdan bosh tortdi.
AQShdagi prezidentlik saylovidagi g‘alabadan keyin Donald Tramp saylovda tvitterdagi faolligi unga yordam bergani haqida aytib o‘tgandi. U ijtimoiy tarmoq yordamida o‘zining siyosiy raqiblariga zarba berish bilan shug‘ullanardi. Mish-mishlarga ko‘ra, prezident o‘zining shu akkauntida qolishni ma'qul ko‘rgan.
Trampning o‘zi avvaliga akkauntida folloverlar soni ko‘pligi bois uni o‘chirib yuborish haqida o‘ylayotganini yozgandi.
«Demak, Facebook, Twitter va Instagram. Hammasi bo‘lib 46 million follover — bu juda ko‘p. Ehtimol men @realDonaldTrump akkauntimni o‘chirmasman va tvitlar yozishda davom etarman. Umid qilamanki, bunga kamroq majbur bo‘laman, avvallari OAVdagi bo‘htonlardan tvitterim orqali o‘zimni oqlashga majbur bo‘lardim», — deya izohlagan u.
Qayd etilishicha, inauguratsiya marosimidan keyin, 20 yanvarda Oq uy ma'muriyatining ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari, jumladan @POTUS ham yangi prezident ixtiyoriga o‘tadi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
14:06 / 14.11.2022