2014 yilda izsiz yo‘qolgan Boeing MH370’ni qidiruv ishlari to‘xtatildi
Avstraliya, Malayziya va Xitoy vakillari 2014 yilda izsiz g‘oyib bo‘lgan Malayziyaning Boeing MH370 samolyoti qidirish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatishga kelishib oldi. Ular ikki yildan ortiq vaqt davom etdi.
"Barcha sa'y-harakatlar, eng yangi texnologiyalardan foydalanish, modellashtirish va yuqori malakali mutaxassislar yordamidan foydalanish ham samolyotni topishda yordam bermadi. MH370’ni suv ostida izlash ishlari ham to‘xtatildi", - deyiladi qidiruv ishlarini Muvofiqlashtirish markazi saytida taqdim etilgan qo‘shma bayonot matnida.
Unga ko‘ra, bugun so‘nggi kema suv ostidagi qidiruv zonasini tark etgan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, qidiruv ishlarini to‘xtatish haqidagi qaror osonlik bilan qabul qilinmadi, biroq u uch davlat o‘rtasida 2016 yilning iyulida qabul qilingan kelishuvlarga muvofiqdir. O‘shanda Avstraliya, Malayziya va Xitoy MH370 bo‘yicha “yangi, o‘ta ishonchli” ma'lumotlar paydo bo‘lmasa, bu ishni to‘xtatishga kelishib olishgandi.
“Biz samolyot kelajakda topilishiga umid bildiramiz”, - deyiladi qo‘shma bayonotda.
Ma'lumot uchun, Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan samolyot 2014 yilning 8 mart kuni radarlardan yo‘qolib qolgan. Layner bortida 227 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zolari bor edi. Taxminlarga ko‘ra, samolyot Hind okeanining janubiy qismida halokatga uchragan.
Mavzuga oid
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
21:56 / 23.10.2024
Boeing sun’iy yo‘ldoshi kosmosda parchalanib ketdi
10:20 / 21.10.2024