Jahon | 23:47 / 17.01.2017
46589
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Rossiyaga aloqador o‘ta maxfiy hujjatni qo‘lga kiritdi

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko feysbukda Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014 yilda Rossiyadan Ukrainaga qo‘shinlar olib kirishni so‘ragan hujjatning fotonusxasini chop etdi.  

Uning aytishicha, nusxa BMT kotibiyati tomonidan Ukrainadagi doimiy vakolatxona orqali taqdim qilingan.

Yanukovich hujjatni 2014 yil 1 martda imzolagan.

Shuningdek, Yanukovichning bu arizasi bo‘yicha Kiyevga Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkinning arizasiga qo‘shilgan barcha rasmiy hujjatlar taqdim qilindi. 

Lutsenkoning ta'kidlashicha, barcha olingan hujjatlar BMT tomonidan Rossiya bergan rasmiy hujjatlar deb tan olingan.
 
"Harbiy prokuratura tomonidan Yanukovichning davlatga xiyonat qilganining rad etib bo‘lmaydigan isbotlari olindi", deb ta'kidlab o‘tgan Lutsenko.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid