Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sulda 2 portlashlar ro‘y berdi, 15 kishi halok bo‘ldi
Kamida 15 kishi Iroqning Mo‘sul shahrida ro‘y bergan 2 portlash oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda PressTV xabar tarqatdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakili bo‘lgan 14 kishi hamda 1 politsiyachi portlash qurboniga aylangan. Xabar qilinishicha, hodisa shaharning sharqiy qismidagi Tal-Yabes shahrida ro‘y bergan.
Hodisaning to‘liq tafsilotlari ma'lum emas.
Mo‘sulni IShIDdan ozod etish uchun amaliyotlar o‘tgan yilning oktabr oyidan buyon davom ettirilmoqda. Iroqlik harbiylar shaharning 90 foizlik qismida nazoratni qo‘lga olgan, qolgan qismi terrorchilar qo‘lida qolmoqda.
Mavzuga oid
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026