Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh adliya vazirligi: Deutsche Bank 7,2 mlrd dollar to‘lashga tayyor
AQSh adliya vazirligining tasdiqlashicha, Germaniyaning Deutsche Bank moliya muassasasi ipoteka qoplamalari bilan bog‘liq obligatsiyalarga doir ishga barham berish uchun 7,2 mlrd dollar tovon to‘lashga tayyor. Bu haqda ma'muriyat axborotnomasida so‘z yuritilgan.
Xabarda aytilishicha, Deutsche Bank o‘ziga nisbatan ilgari surilgan da'volarning to‘xtatilishi uchun 3,1 mlrd dollar jarima to‘lashga rozilik bildirgan. Bundan tashqari, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, bankning Amerikadagi mijozlari ko‘rgan 4,1 mlrd dollarni ham qoplab beradi.
«Deutsche Bank kreditlash amaliyotida mas'uliyatsizlik qilgani sababli, Amerika fuqarolari va investorlariga jiddiy va davomli ravishda zarar yetkazilgan», — deb bayonot bergan AQSh adliya vaziri Loretta Linch.
Avvalroq, Deutsche Bank vakillari ham AQSh adliya vazirligi bilan ziddiyat munosabati bilan bank 7,2 mlrd dollar jarima to‘lashga tayyor ekanini bildirgan edi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026