Jahon | 20:17 / 18.01.2017
8771
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya va Slovakiya o‘rtasida Hyperloop liniyasi quriladi

Foto: Hyperloop Transportation Technologies Inc

Hyperloop Transportation Technologies (HTT) Chexiya va Slovakiya o‘rtasida tezkor liniyasini ishga tushirmoqchi. Kompaniya Chexiyaning Brno shahri hukumati bilan ana shunday imkoniyatni o‘rganishga doir kelishuvni imzoladi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi

Kelishuv doirasida kompaniya Brno va Bratislava shaharlari o‘rtasida Hyperloop tezkor transport liniyasi qurilishi imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bundan avval HTT Slovakiya hukumati bilan Hyperloop liniyasi qurilishi haqida bitim imzolagandi. Istiqbolda mazkur liniya Brnoni Praga bilan birlashtirishi kerak.

"Biz texnik masalalarning barchasini hal qilib bo‘ldik, shu bois bugun biz uchun eng muhimi - butun dunyo bo‘ylab mamlakatlar hukumatlari bilan muzokaralar o‘tkazish va hamkorlik qilish", - dedi HTT rahbari Dirk Alborn. 

Hyperloop g‘oyasi 2012 yilda muhandis, ishbilarmon va investor Ilon Mask tomonidan taqdim etilgan. Yangi transport vositasi samolyotdan ikki karra va tezyurar poyezddan uch-to‘rt karra tezkor bo‘lishi ta'kidlanmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid