Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri AQShning mamlakatga bostirib kirishini tergov qilishga chaqirdi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy AQShning 2003 yilda Iroqqa bostirib kirishini bo‘lg‘usi prezident Donald Tramp pozitsiyasidan tergov qilishga chaqirdi. Tramp bu bostirib kirishini xato deb atagan.
AQSh ittifoqdoshlari ko‘magida Iroqqa Saddam Husayn hukumatida ommaviy qirg‘in quroli (OQQ) borligi bahonasida bostirib kirgan. Husayn lavozimidan ag‘darilib, 2006 yilda qatl etilgan. Keyinroq AQSh Iroqda OQQ borligi haqidagi ma'lumotlar soxta bo‘lib chiqqanini aytgan.
Iroq bosh vaziri bu haqda 17 yanvardagi matbuot-anjumanida aytgan.
Al-Obodiyning fikricha, bostirib kirish oxir-oqibat "butun dunyodagi terrorchilarning Iroqqa kelishiga imkon bergan".
"Men barcha tomonlar manfaati yo‘lida to‘liq tergov qilishga chaqiraman. Tangri xohlasa, iroqliklar ular bilan yuz bergan azob-uqubatlar va fojialar uchun kompensatsiya
olishini istayman", deb aytgan Al-Obodiy.
Mavzuga oid
09:51
Kuba rahbari Trampning “kelishuv” bo‘yicha chaqirig‘ini keskin rad etdi
09:18
Tramp: Eron rahbarlari muzokara olib borishni istayapti
07:34
“Kondor”dan Venesuelagacha: AQSh–Janubiy Amerika munosabatlari tarixi
23:50 / 11.01.2026