Jahon | 18:29 / 18.01.2017
8489
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Qatarga 140 milliard dollar investitsiya qiladi

Foto: Aa.com.tr

Turkiya 2020 yilga qadar Qatar iqtisodiyotiga 140 milliard dollar investitsiya qilmoqchi. Turkiya palata va birjalar ittifoqi (TPBI) raisi Rifat Hisorjikli o‘g‘li Qatar savdo-sanoat palatasi rahbari shayx Xalifa bin Jassim at-Taniy bilan Dohada bo‘lib o‘tgan matbuot-konferensiyasida shu haqida ma'lum qildi. "Anadolu" nashri xabar beradi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Qatar iqtisodiyotida o‘z ishtirokini kengaytirmoqchi. "Turk firmalari bu imkonni qo‘ldan boy bermasligi kerak", - dedi Hisorjikli o‘g‘li.

Ittifoq rahbari Fors ko‘rfazi va arab mintaqasi mamlakatlari Turkiya uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. 

Hisorjikli o‘g‘lining aytishicha, Turkiya va Qatarning siyosat va iqtisodiyot sohalaridagi munosabatlarining dunyoda muqobili yo‘q.

TPBI rahbarining ta'kidlashicha, ikki mamlakatni nafaqat umumiy qiziqishlar, balki tashqi siyosatga taalluqli boshqa masalalar ham birlashtiradi.

Hisorjikli o‘g‘li shuningdek Qatar kompaniyalarining Turkiyaga investitsiyalari mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi. 

"Qatar tijorat banki - Turkiyaning Alternatifbank aksiyalarini, Qatar Milliy banki esa - Finansbank aksiyalarini qo‘lga kiritdi. Qatar HK harbiy-sanoat qo‘mitasi Turkiyaning BMC avtomobil kompaniyasining 49 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Qatarning Mayhoola Investment kompaniyasi Turkiyaning Boyner Grubu kompaniyalar guruhi aksiyalarining 31 foizini qo‘lga kiritdi. Qatarning Bein Media Grup kompaniyasi Digiturk turk raqamli eshittirishlar operatori aksiyalarini xarid qildi, Al Sraiya Holding esa Mado qandolatchi kafelarining 49 foiziga egalik qiladi", - dedi ittifoq rahbari. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid