Jamiyat | 19:02 / 19.01.2017
24183
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xitoyda ko‘chalarga tashlab ketilgan velosipedlar uyumi

Foto ImageChina

Xitoyda velosipedlarni ijaraga berish bo‘yicha servislar foydalanuvchilarning mas'uliyatsizligi bilan to‘qnash kelishdi.

Mamlakatdagi velosipedlarni ijaraga berish servislarida transport vositasini qayta topshirish majburiyati yo‘q, uni yo‘l yuzida qoldirib ketish mumkin. Bu holat ilova orqali to‘langan foydalanish vaqti muddati yakuniga yetsa kuzatiladi. Mashable’ning yozishicha, bunday tizimning noqulay tomoni – ba'zi bir insonlar o‘z velosipedlarini istagan joyda tashlab ketishlaridan bilan bog‘liq.

Yirik shaharlarda shunday tashlab ketilgan velosipedlardan hattoki katta “uyumlar” to‘planadi. Ularni kommunal xizmatlar va politsiyachilar birma-bir yig‘ib yurishadi. 

Yirik ijaraga berish servislari o‘z velosipedlariga GPS-belgi o‘rnatib qo‘yishayotganiga qaramay, ularni doimiy ravishda o‘marishadi va Taobao orqali qayta sotishga urinishadi. Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda daryolar va qishloqlarga tashlab ketilgan velosipedlar tasvirlangan suratlarni taqdim etishgan.

Mavzuga oid