Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masharipovning turmush o‘rtog‘i terrorchini qo‘lga olishda muhim rol o‘ynadi
1 yanvar kuni Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum qilib, 39 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Abdulqodir Masharipovning turmush o‘rtog‘i uning qo‘lga olinishida muhim rol o‘ynadi. Bu haqida Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar berdi.
Ismi sharifining faqat birinchi harflari ma'lum qilingan (F.A.) Masharipovning turmush o‘rtog‘i Istanbulning Başakşehir tumanidagi kvartirada eri va ikki farzandi bilan yashagan. 6 yanvar kuni, ya'ni hujumdan bir necha kun o‘tgach, IShID terrorchi guruhi Masharipovga boshqa yerga ko‘chib o‘tishni buyurgan. Terrorchi ayolining e'tirozlariga qaramay, 4 yoshli o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketgan.
Manbaga ko‘ra, eri va o‘g‘li ketganidan so‘ng F.A. terrorchi guruhning boshqa a'zolaridan Masharipovning boshqa - 27 yoshli senegallik ayolga (Dina A.) uylanganidan xabar topgan. Turk xavfsizlik xizmati xodimlari Istanbuldagi Pendik hududidagi kvartirada terrorchini qo‘lga olgan vaqtda senegallik ayol u bilan birga bo‘lgan.
So‘roq paytida F.A. turk politsiyasiga qimmatli ma'lumotlarni yetkazgan. Gubernator Vasip Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, F.A.dan olingan ma'lumotlar terrorchini qo‘lga olishda samarali qo‘llangan.
Hozirda Masharipov Istanbuldagi Vatan avenyusida qattiq qo‘riqlanayotgan politsiya uchastkasidagi bir kishilik kameraga joylashtirilgan. Xavfsizlik ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, Masharipovning tirik holda qo‘lga olinishi politsiya uchun katta muvaffaqiyatdir.
Mavzuga oid
23:52 / 07.09.2020
Turkiya sudi Abdulqodir Masharipovni 1368 yilga ozodlikdan mahrum etdi
12:16 / 28.01.2020
Abduqodir Masharipovning sherigiga 632 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi so‘raldi
12:47 / 11.12.2017
Istanbulda Abdulqodir Masharipov ustidan sud eshituvlari boshlanadi
14:27 / 10.05.2017