"Odnoklassniki" gif-rasmlar uchun to‘lov joriy etmaydi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i gif ko‘rinishidagi rasmlardan foydalanish uchun to‘lov joriy qilmaydigan bo‘ldi. Foydalanuvchilar o‘zaro yozishuvlar paytida bu rasmlarni bepul jo‘nata oladilar, tajriba tariqasida foydalanish davrida giflarni ishlatish uchun pul to‘laganlarga esa ular sarf etgan OK pul birliklari qaytarib beriladi. Sinov paytida olingan ma'lumotlar asosida ijtimoiy tarmoq ko‘ngilochar hizmatlarni bepul va pullik ko‘rinishda rivojlantiradi. Bu haqda Kun.uz’ga ijtimoiy tarmoq ma'lum qildi.
«Gif-rasmlar tasmada juda ommabop, shu sababli biz ularning o‘zaro yozishuvlarda foydalanuvchilar uchun naqadar muhimligini bilish uchun tajriba o‘tkazdik. Olingan ma'lumotlar asosida biz OKda bepul va noyob pullik ko‘ngilochar hizmatlarni rivojlantirish haqida qaror qabul qildik. OK Messages ilovasining asosiy hizmati bu gif rasmlarga o‘xshatib qurilgan UGC-kontent — «Jonli stikerlar»dir. Biz ushbu istiqbolli yo‘nalishni rivojlantirmoqchimiz», - dedi loyiha rahbari Anton Fedchin:
OKda gif rasmlar almashinuvi xizmati 2015 yilning may oyida paydo bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib foydalanuvchilar sutkasiga 1 mlrd gif jo‘natmoqdalar. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 133 marotaba o‘sdi. OK foydalanuvchilari gif rasmlarni nafaqat o‘z qaydlarida, balki shaxsiy yozishuvlarda ham jo‘natish va profil surati sifatida yuklash imkoniyatlariga ega.
Mavzuga oid
16:20 / 27.12.2023
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi
14:44 / 10.06.2023
Navoiylik keksa ayol 5 yil oldin diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi
10:15 / 11.12.2020
«Odnoklassniki» guruhlar uchun donatlarni qabul qilish xizmatini ishga tushirdi
13:41 / 22.10.2020