Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya aholisi 10 milliondan oshdi
Shvetsiya Markaziy statistika byurosi so‘nggi yillarda mamlakat aholisi sezilarli o‘sgani va 20 yanvarda bu ko‘rsatkich 10 million kishidan oshgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida so‘z yuritilgan.
«20 yanvar aholi statistika borasida tarixiy kun hisoblanadi. Shvetsiyada ro‘yxatga olingan aholi soni ilk marotaba 10 mlndan oshdi», — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, so‘nggi bir necha yillarda qayd etilayotgan aholi sonining o‘sishiga, mamlakatga ko‘chib kelayotganlar soni ketayotganlar sonidan ko‘p bo‘lgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, tug‘ilish va o‘lim holatlari o‘rtasidagi ijobiy farq ham ta'sir ko‘rsatgan.
«Biz o‘n millioninchi fuqaroning shaxsini aniq bilmaymiz. Bu yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki ro‘yxatdan o‘tgan muhojir bo‘lishi mumkin», — deb qayd etishgan byuroda.
Shvetsiya statistika idoralariga ko‘ra, Shvetsiya 2024 yilda 11 mln kishi istiqomat qiladigan mamlakatga aylanadi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026