O‘zbekiston | 10:12 / 22.01.2017
31818
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 40 mingga yaqin mahbusga amnistiya akti qo‘llanildi

Arxiv fotosi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi me'yorlariga muvofiq, respublikadagi demokratiya umuminsoniy qadriyatlar negizida barpo etiladi. Unga ko‘ra, inson, uning hayoti, g‘ururi, qadr-qimmati va boshqa qator huquqlari eng oliy qadriyat hisoblanadi. 

Shu ma'noda, 2016 yil 12 oktabrda Oliy Majlis Senati majlisi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdimoti bilan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida"gi hujjatni qabul qilgan edi. 

“Pravda Vostoka” gazetasining yozishicha, Oliy Majlis Senati tomonidan mazkur amnistiya aktini qo‘llash uchun ajratilgan 3 oylik muddat poyoniga yetgan. Bu safar 39748 kishiga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilgan. 

Shu bilan, ayollar, 18 yoshga kirmagan yoshlar, 60 yoshdan katta erkaklar va xorijiy fuqarolar ayrim cheklovlar bilan jazodan ozod etilgan. 

Jumladan, 5408 nafar ayol, jinoyatni sodir etgan vaqtda 18 yoshga kirmagan 893 nafar o‘smir, 1045 keksa kishilar ozodlikdan mahrum qilish idoralarini tark etgan. Bundan tashqari, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiluvchi turli holatlar sababli, 144 nafar mahbus ozodlikka chiqarilgan. 

Mavzuga oid