Jamiyat | 07:46 / 24.01.2017
31236
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytda jonli efirda karaxt qiluvchi holat yuz berdi

Foto: Skrinshot YouTube/المبدع

Kuvaytda hajviy dastur boshlovchisi jonli efirda o‘z mehmonining ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Bu haqda Al Arabiya telekanali saytining ingliz versiyasida ma'lum qilindi

Kuvaytlik taniqli boshlovchi Jasem Rajab dastur boshida o‘zining mehmonini "instragramdagi eng baqiroq odam" deb atagandan keyin, unga o‘t qo‘yib yuborilgan. Suratga olish guruhi xodimlari olovni tezda o‘chirishgan. 

Ushbu holat tasvirlangan video YouTube’da joylashtirilib, tomoshabinlarni ko‘rganlarini takrorlamaslik haqidagi ogohlantirish bilan boshlangan. Shuningdek, ta'kidlanishicha, barcha ehtiyot choralari avvaldan ko‘rilgan. Boshlovchi "mehmon hech qanday og‘riq sezmaganini, chunki uning tanasi maxsus himoyalovchi qatlam bilan qoplangani va olovni o‘chirishda olov o‘chirgichdan foydalanilganini" aytgan. 

Shunga qaramasdan boshlovchi tanqidlarga uchrab, qaltis tryuk uchun uni jazolash talab qilingan.

Mavzuga oid