Jahon | 21:11 / 24.01.2017
4574
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston yadroviy zaryad tashiy oluvchi raketani sinovdan o‘tkazdi

Pokiston o‘zining Ababeel ("Qaldirg‘och") nomli "yer-yer" sinfidagi raketasining ilk muvaffaqiyatli sinovlarini amalga oshirdi. Bu raketa yadroviy zaryad tashiy oladi.

Raketaning maksimal uchish uzoqligi 2,2 ming km ni tashkil qiladi. Sinovlar jangovar tizimni konstruktorlik va texnik jihatdan baholashga qaratilgan bo‘lgan.

Raketa individual nishonga olish bloklariga ega ajraluvchi bosh qism tizimini qo‘llagan holda yaratilgan. U "yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladi va dushman radarlaridan o‘tib, ko‘plab nishonlarni yuqori aniqlikda ura oladi".

Pokiston armiyasida aytilishicha, yangi majmuaning rivojlanishi mintaqada raketalarga qarshi mudofaa tizimlari rivojlanishi sharoitida "Pokiston ballistik raketalari saqlanishini kafolatlashga qaratilgan".  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid