Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi supermarketlarda avtomobillar savdosi yo‘lga qo‘yiladi
Amerikadagi Walmart supermarketlar yirik tarmog‘i yaqin vaqt ichida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘yadi.
Motortrend ma'lumotiga ko‘ra, Walmart’ga qarashli 25ta savdo markazida 1 apreldan boshlab CarSaver tizimi kioskalari paydo bo‘ladi. Ular yordamida xaridorlar Internet orqali o‘zlari uchun ma'qul avtomobil, unga qo‘shimcha qurilmalar, shuningdek, moliyaviy va sug‘urta xizmatlarini olishlari mumkin bo‘ladi. Dilerlar buyurtma kelib tushgach, mijozni avtomobilni olib ketishga taklif qilishadi.
Walmart avval Xyuston, Dallas, Feniks va Oklaxoma-Sitidagi avtosalonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Shundan so‘ng, CarSaver tizimi ikki yil davomida butun AQSh bo‘ylab joylashgan supermarketlarda paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026