Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC: Hindiston Everest cho‘qqisining balandligini o‘lchaydi
Foto: Getty Images
Hindiston hukumati Everest (Jomolungma) tog‘ining eng baland cho‘qqisini o‘lchashga qaror qildi. Taxminlarga ko‘ra, 2015 yili Nepalda sodir bo‘lgan dahshatli zilzila sabab cho‘qqi pasaygan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Britaniyaning BBC telekompaniyasi.
Respublika hukumat komissiyasi rahbari Svarna Subbaraoning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda ekspeditsiya tashkil etiladi va u ikki oydan so‘ng, cho‘qqi sari yo‘l oladi. Subbaraoning aytishicha, cho‘qqi balandligini o‘lchashga bir oyga yaqin, yakuniy hisob-kitoblar uchun yana 2 haftacha vaqt ketadi.
Bundan avval, sun'iy yo‘ldoshlar vositasida olingan ma'lumotlar, Everest balandligi Nepal zilzilasidan so‘ng, bir necha santimetrga pasayganini ko‘rsatgan. 2015 yil aprel oyida Nepalda 7,8 ballik yer silkinishi ro‘y bergan edi. O‘shanda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar soni 8 ming kishidan ortiqni tashkil etgandi.
Hozirda, Xitoy va Nepal chegarasida joylashgan Jomolungma balandligi dengiz sathidan 8848 metr balandlikni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026