Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristonda terakt sodir etishni rejalashtirgan guruh qo‘lga olindi
Rossiyaning Tatariston respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari teraktlar sodir etishni rejalashtirgan guruh faoliyatiga chek qo‘yishdi, deb xabar berdi respublika ichki ishlar vaziri Artem Xoxorin.
Hujum uchun bosh obekt qilib Qozon aviatsiya zavodi tanlangan, deb aytib o‘tdi Xoxorin respublika IIVning 2016 yil yakunlariga ko‘ra kengashida.
"Federal xavfsizlik xizmati xodimlari bilan birgalikda Rossiyada taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" tashkilotining faoliyatiga og‘riqli zarbalar berildi. Uning 30 a'zosiga nisbatan 13ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularning orasida – Shvetsiyada istiqomat qiluvchi asli kelib chiqishi Tataristonlik bo‘lgan shaxslar bor", - deya qo‘shimcha qilgan Xoxorin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek Suriya hududida terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlarga nisbatan 26ta jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan.
Vazirning ta'kidlashicha, Tataristonda terrorchilarni moliyalashtirish bo‘yicha “kanal” aniqlangan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
08:59 / 20.05.2026
Qozondan bemor o‘zbekistonlik fuqaro vatanga olib kelindi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026