O‘zbekiston | 21:18 / 26.01.2017
7252
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash tizimida daromad emas, bemor salomatligi birlamchi bo‘lishi kutilmoqda

Ma'lumki, 26 yanvar, payshanba kuni Harakatlar strategiyasiga doir mediahaftalikning 4-yo‘nalishi - ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar muhokamaga qo‘yildi. Unda sog‘liqni saqlash tizimining o‘rni katta, albatta. 

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya hamda sog‘liqni saqlash sohasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mutaxassislarimiz oldinda qilinadigan ishlar ko‘pligi - har bir xonadonni tez tibbiy yordam, onalik va bolalikni muhofaza qilish, birlamchi tibbiy yordamni tashkil etish, qishloq vrachlik punktlaridagi xizmatlar bilan ta'minlash maqsad qilinganini ta'kidlashdi. 

Bugun aholining tibbiy xizmatdan noroziligi alohida qayd etildi. Ijro mexanizmida kamchiliklar ko‘pligi aytildi. Bu borada zalda yig‘ilganlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Sog‘liqni saqlash vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova tibbiyot maskanlari, shu jumladan tug‘ruqxonalarda ma'naviy muhitni o‘zgartirish maqsad qilinganligini  ta'kidladi. Shifokorlar malakasini oshirish, ularning o‘z qasamyodiga sodiq qolishiga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. 

Bundan buyon "sog‘liqni saqlash tizimida daromad emas, bemor salomatligi birlamchi" degan g‘oyaga amal qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yo‘lda albatta keng jamoatchilikning o‘rni ham kattaligi, ba'zi holatlarda odamlarning o‘zi ham tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashi tanqid ostiga olindi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid