Dildora dasturlaşni san’atning bir turi sifatida biladi. U har bir yozilgan kod dasturçining bir bölagi, loyihalari esa farzandidek tuyulişini aytadi. Ësh dasturçi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda tibbiyotda sun’iy idrok imkoniyatlaridan foydalanib, sohada keskin burilişlar qiliş mumkinligi haqida gapirib berdi.
Dildora Ğaniyeva Toşkent şahrida tuğilib ösgan. Poytaxtdagi INHA universitetida bakalavriatni tugatib, xalqaro kompaniyada iş boşlagan. 2025 yil yozgi semestr uçun dunyoning top 100 talik röyxatiga kiruvçi Janubiy Kaliforniya universiteti magistraturasiga qabul qilingan. U hozirda tibbiyotda tahlil natijalariga köra taşxis qöyiş jarayonini osonlaştirişga qaratilgan startap ustida işlayapti.
“Dasturlaş – san’atning bir turi”
Dasturlaşni örganiş va iş jarayonidagi şaxsiy tajribasidan kelib çiqib, Dildora dasturlaş şunçaki kod yozişdan iborat emasligini va har bir yozilgan kod dasturçining bir bölagi ekanligini aytadi. Kodlar asosida vujudga kelgan loyihalarga esa dasturçi öz bolasidek munosabatda bölişini va loyiha yakunlanganiga qança vaqt ötişidan qat’i nazar, har bir dasturçi öz loyihasiga qayta-qayta murojaat qilib turişini ta’kidlaydi.
“Bolaligimdan vizual xotiram va mantiqiy fikrlaşim juda yaxşi bölgani va matematik qizişim tufayli dasturçi böla olişimga közim yetgan. Qiziqişim bolaligimdan boşlangan desam ham böladi. Masalan, istalgan begona insonning çehrasini bir marta körsam, uni butun umrga eslab qolişim mumkin. Oradan qança vaqt ötmasin, öşa çehra kimga tegişli ekanligi, qaçon va qayerda körganligim borasidagi tafsilotlarni heç qaçon unutmayman”, – deydi Dildora.
Dastlabki loyiha
“Kollejda öqib yurgan vaqtlarimda TATUda mobil ilovalarni dasturlaş böyiça qisqa trening dasturida qatnaşgandim. Trening oxirida esa dasturlaşdagi ilk loyihamni qilişga muvaffaq bölganman. Bu loyiha unçalik katta loyiha bölmasa-da, menga dasturlaşni örganişimda keyingi qadam uçun işonç bera olgan va dasturçi böliş haqidagi qarorimni mustahkamlagan”.
Dildoraning ilk loyihasi – aqlli musiqa mobil ilovasi bölgan. Bu dastur istalgan qöşiq matnidan biror söz yoki jumla kiritilsa, foydalanuvçiga kiritgan sözi, jumlasi iştirokidagi qöşiqlarning tafsiyaviy röyxatini avtomatik tarzda çiqarib beriş imkoniyatiga ega bölgan.
“Tibbiy taşxislarda ehtimollik foizini kamaytiriş mumkin”
Dildora tibbiyotda sun’iy idrok imkoniyatlaridan foydalanib, köplab jarayonlarni osonlaştiriş mumkinligini ta’kidlaydi.
“Dasturlaş juda keng qamrovli soha. Uni istalgan soha bilan integratsiyalaş mumkin, ya’ni dasturçi bilimlarini özi qiziqqan boşqa sohada işlatib köriş imkoniyatiga ega. Masalan, men bir yil davomida tibbiyot sohasida dasturçi sifatida işlab kördim. Natijada öz bilimlarimni va dunyoqaraşimni kengaytirdim.
Pandemiya davri edi. Özimni yaxşi his qilmaganim uçun şifokorga bordim. Doktor menga MSKTga tuşib, tahlil qoğozi bilan kelişimni aytdi. Men unga tuşib, şifokorga tahlil natijalarini berdim. Şifokor menda 5-10 foiz yalliğlaniş ehtimoli borligini aytdi. Şifokor xulosasida sonlar orasidagi farqning kattaligi meni ajablantirdi. Şundan söng tibbiy taşxis qöyiş jarayonlarida sun’iy idrok iştirokida aniqroq taşxis qöyiş loyihasi haqida öylay boşladim.
Bizning loyihamiz bugungi kunda hammaning eng yaxşi yordamçisiga aylangan ÇatGPT’ga öxşab, şifokorlarga yordamçi böladi. Masalan, tibbiy tasvirlarni tuşiriş rentgen kompyuteriga ilova örnatiladi, rentgen tugaşi bilan sun’iy aql özida bor ma’lumotlariga tayanib, aniq diagnozni qöyib beradi. Şifokorlarda esa taşxisni körib, unga mos muolaja yozib beriş va uni nazorat qiliş qoladi. Bu yerda juda ham köp va aniq ma’lumotlarga ega bölgan sun’iy idrok inson faktori aralaşuvini kamaytiradi va uning aniqroq xulosa bera olişiga işonaman. Qandaydir istisno holatlar bölib qolgandagina, şifokorlar aralaşuvi kerak böladi xolos”, – deydi Dildora.
“Töliq davolaş qiyin hisoblangan kasallik – endrometrioz ustida izlaniş olib bormoqçiman”
Dasturçi kelajak rejalari bilan bölişdi:
“10 foiz ayollarda uçraydigan endrometrioz degan kasallik bor. Bu kasalga çalingan bemorlarni kasallikning özi uçun emas, uning asorat va natijalarini davolab kelişadi. Endrometrioz uzluksiz muolaja olib turişni talab qiladi. Magistraturani tamomlab, aynan şu kasallikning davosini topiş böyiça izlaniş olib bormoqçiman. Kelajakda bu loyiham dasturlaş, ma’lumotlar bilan işlaş va sun’iy idrokni qamrab olib, uçalasini bir joyda jamlaydi”.
Jahon Soğliqni Saqlaş taşkiloti ma’lumotiga köra, endometrioz – baçadon şilliq qavatiga öxşaş töqimalar baçadondan taşqarida ösişi bilan keçadigan kasallik bölib, u kuçli oğriqlarga olib kelişi mumkin. Uning sababi noma’lum. Endometriozning oldini olişning ma’lum usuli yöq. Töliq davosi ham topilmagan. Ammo uning alomatlarini dori-darmonlar yoki ba’zi hollarda jarrohlik yöli bilan yengillaştiriş mumkin.
Gavhar Ziyodullayeva, jurnalist
Operator: Ziyaddin Mamatjonov
Montaj ustasi: Nizomjon Toşpölatov










