O‘zbekiston | 19:20 / 27.01.2017
31709
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

24 yanvar kuni xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi O‘. Barnoyev so‘zga chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ular bilan yaqindan muloqot qilish va muammolarini hal etishga qaratilgan dolzarb vazifalar ilgari surilmoqda. 

"Afsuski, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Uy-joy qurilishi va sifati talab darajasida emas. Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik bartaraf etilmayotir. Shaharni obodonlashtirish ishlari ayanchli ahvolda. Odamlarni tashvishlantirayotgan muammolarni hal etishga mas'uliyatsizlik bilan qaralayotgani sababli, yuqori tashkilotlarga qilinayotgan murojaatlar ko‘paymoqda. Bu esa shahar rahbariyatining tashkilotchiligi yetishmasligi, masalaga yangicha yondashmayotganini ko‘rsatadi", - degan viloyat hokimi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Shahar hokimi Valijon O‘rinov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. Kogon shahar hokimi bo‘lib ishlayotgan Ixtiyor Farmonov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi.

Mavzuga oid