Jahon | 12:53 / 27.01.2017
9029
2 daqiqa o‘qiladi

Putin va Trampning telefon orqali muloqoti 28 yanvarda bo‘lib o‘tadi

Foto: TASS

Rossiya va AQSh davlat rahbarlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp o‘rtasidagi telefon orqali muloqot shanba, 28 yanvarga belgilangan. Bu haqda TASS agentligiga RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

"Ha, men buni tasdiqlayman", - degan Peskov.

Avvalroq, Amerika OAVlarida 20 yanvarda lavozimiga kirishgan Donald Trampning Putin bilan telefon orqali birinchi rasmiy suhbati 28 yanvarda bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

26 yanvar kuni Tramp Fox News telekanaliga intervyu berar ekan, tez orada Rossiya davlat rahbari bilan gaplashib olishini bildirgan edi. "U g‘alaba qozonganimda menga qo‘ng‘iroq qildi. Shundan so‘ng, biz suhbatlashmadik. Biroq, tushunishimcha, yaqinda gaplashamiz", - degan Tramp.

Ayni intervyuda, Tramp AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning tiklanishi ikki davlatga foyda keltirishi haqida gapirgan edi. "Men Putinni bilmayman. Ammo, Rossiya bilan kelishib olsak, ajoyib bo‘lardi. Rossiya uchun ham, bizga ham yaxshi edi, - degan Tramp. – Biz birgalikda IShIDni yo‘q qilamiz". 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid