Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin hokimi Trampga maktub yo‘llab, Berlin devori haqida eslatdi
Berlin meri Mixael Myuller Donald Tramp nomiga yozgan ochiq maktubini taqdim etdi. Unda AQShning Meksika bilan chegarasida devor qurmaslikka chaqirgan.
Maktub Berlin.de portalida e'lon qilindi. Unda Myuller 1989 yilgacha Sharqiy va G‘arbiy Berlinni ajratib turgan Berlin devori haqida ham eslatib o‘tgan.
"Biz, berlinliklar, aksariyat insonlardan farqli ravishda bu naqadar og‘riqli masala ekanligini yaxshi bilamiz. Butun qit'a tikonli sim va devorlar bilan ajratib olinishi yaxshi emas", - degan Myuller. Uning qo‘shimcha qilishicha, Berlin devorining buzilishi 20 asrning eng yirik voqealaridan biriga aylangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, berlinliklar tarixiy tajribasiga "mag‘zava ag‘darishlariga" yo‘l qo‘ymaslik lozim.
"Men amerikalik prezidentga murojaat qilaman: avvalgi yetakchilardan biri Ronald Reyganni eslang. Uning "Bu devorni buzib tashlang!" so‘zlarini xotirlang. Shuning uchun men ham aytmoqchiman: janob prezident, bu devorni qurmang!", - deya xulosa qilgan Berlin hokimi.
Joriy haftada AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining saylovoldi va'dalaridan birini bajardi – Meksika bilan chegarada devor qurish haqidagi farmonga imzo chekdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish "yaqin oylar ichida boshlanadi".
Mavzuga oid
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:07 / 23.02.2026