Jahon | 19:28 / 28.01.2017
6644
1 daqiqa o‘qiladi

Taqiq sabab Iroq va Yaman fuqarolari Nyu-Yorkka ucha olishmadi

Qohira aeroportida Iroqning besh nafar, shuningdek, Yamanning bir nafar fuqarosiga AQShga parvoz qilayotgan samolyot bortiga ko‘tarilish taqiqlandi. Bu haqda Reuters aeroportdagi manbaga asosan xabar berdi.

Xabar qilinishicha, bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan mamlakatga aholisi, asosan, musulmonlardan iborat bo‘lgan yetti davlat fuqarolari kirishini cheklash haqidagi farmonga imzo chekkach, qabul qilingan.

Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilarni Qohirada boshqa samolyotga o‘tishlari vaqtida to‘xtatishgan. Shundan so‘ng ular ona vatanlariga parvoz qilgan reyslarga o‘tqazilgan. Bu holat ularda vizalar bo‘lganiga qaramay yuz berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid