Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bir vaqtning o‘zida yuzlab sun'iy yo‘ldoshlarni uchirmoqchi
Hindistonning koinotni tadqiq qilish tashkiloti fevral oyi o‘rtalarida koinotga bir raketada 104 ta sun'iy yo‘ldoshni uchirmoqchi, deb xabar bermoqda The Times of India nashri.
Barcha kosmik apparatlar PSLV-C37 raketa-tashuvchisida uchiriladi. Bunda Hindistonning sun'iy yo‘ldoshi bor-yo‘g‘i 3 tani tashkil qiladi, qolganlari boshqa davlatlar, jumladan AQShga tegishli bo‘ladi. Koinotga mini- va mikro-sun'iy yo‘ldoshlar jo‘natiladi.
Ayni vaqtda bir raketada ko‘p miqdorda sun'iy yo‘ldosh uchirish bo‘yicha rekord Rossiyaga tegishli bo‘lib, 34 ta qurilmani tashkil qiladi. Agar barchasi rejadagidek ketsa, Hindiston bu borada rekord o‘rnatadi. Bunday "ommaviy" parvozdan maqsad rekord o‘rnatish yoki reklama emas, balki sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
2016 yil sentabr oxirida Hindiston Yer atrofidagi orbitaga 8 ta sun'iy yo‘ldosh chiqargandi. Ulardan 3 tasi Hindistonning o‘ziga, 3 tasi Jazoirga, bittadan AQSh va Kanadaga tegishli bo‘lgan. Parvozning o‘ziga xos jihati shunda bo‘lganki, sun'iy yo‘ldoshlar turli balandlikdagi ikkita orbitaga olib chiqilgan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026