Jahon | 23:04 / 30.01.2017
29867
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Asad insultga yo‘liqdi, u og‘ir ahvolda

Foto: AFP

Suriya prezidenti Bashar Asad og‘ir ahvolda shifoxonada ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Livanning Al-Mustaqbal gazetasi esa shanba kuni Asadning ishemik insult bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan. 

Shunga qaramay, Asad rejimining Facebook'da chop etilgan xabarida uning ahvoli yaxshi ekanligi ma'lum qilingan. 

Manbada ta'kidlanishicha, Bashar Asad rejimi va uning tarafdorlari Suriyada o‘q ochishni to‘xtatish rejimini faol buzishda davom etishmoqda. 

G‘arb Asadning chetlatilishini talab qilmoqda, biroq Rossiya uni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Aynan Rossiya aviatsiyasi tufayli Asad isyonkorlarni Halabdan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid