Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hollivud yulduzlari Trampning migrantlar haqidagi farmonidan norozi
Hollivud yulduzlari AQSh Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini topshirish marosimida mamlakat prezidenti Donald Trampning qochqinlar va yetti mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlovchi farmonini tanqid ostiga olishdi. Bu haqida The Hollywood Reporter nashri xabar berdi.
Xususan "Vitse-prezident" seriali orqali tanilgan aktrisa Juliya Luis-Dreyfus taqiqlovdan dahshatga tushgani, zero o‘zi ham muhojirning farzandi ekanini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi natsistlar tomonidan egallangan Fransiyadan qochgan bo‘lgan.
Aktyor Mahershala Ali ("Oy shu'lasi"), o‘z navbatida, AQShda musulmon bo‘lish qanday ekani to‘g‘risida nutq so‘zladi.
Akstrisa Kerri Vashingtonning qizil yo‘lakcha bo‘ylab o‘tgan ko‘ylagida qochqinlarga hamdardlik bildirish ramzi bo‘lgan to‘g‘nog‘ichni ko‘rish mumkin edi. Marosimning boshqa ba'zi mehmonlari ham xuddi shunday yo‘l tutishdi.
"Katta portlash nazariyasi" yulduzi Saymon Helberg va uning turmush o‘rtog‘i Joslin Taun suratkashlarga "Qochqinlarni xush ko‘rdik" mini-plakatini namoyish etishdi.
Mavzuga oid
10:04 / 10.05.2026
Yaponiya viza tartibini buzgan yana bir o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026