Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Munga prezidentlik uchun kurashishga ruxsat berildi
Janubiy Koreya parlamenti tadqiqot guruhi BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun Koreyada davlat lavozimini egallashi mumkin, degan xulosa kelgan. Shunga ko‘ra, u prezidentlikka nomzodini ilgari surishi mumkin, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Parlamentning maxsus guruhi go‘yo Pan Gi Munning prezidentlik lavozimiga da'vogarlik qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan BMT rezolyutsiyasini o‘rganib chiqishgan. Tadqiqot guruhining qayd etishicha, rezolyutsiyada masalan, «maqsadga muvofiq bo‘lar edi» kabi jumlalar qo‘llanilgan. Bu esa, BMT sobiq bosh kotibining vatanida oliy davlat lavozimini egallashiga to‘sqinlik qilmaydi.
BMT hujjatida, jumladan, ko‘plab mamlakatlarning ishonch bildirgan shaxsi bo‘lgani sababli, tashkilotning sobiq bosh kotibi hukumat lavozimini egallamasligi maqsadga muvofiqdir, deyiladi.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya parlamenti, agar Pan Gi Mun prezidentlik uchun kurashmoqchi bo‘lsa, uning avvalgi mehnat tajribasi, mamlakat manfaatlariga zarar keltirmasligini isbotlashi kerak, degan talabni ilgari surgan edi.
Tashkilotning sobiq bosh kotibi mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda prezidentlik uchun boshqa ehtimoliy nomzodlarni ortda qoldirayotgani aniqlangan edi.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
12:36 / 14.11.2025
Qamchiq va Darband dovonlarida qatnaydigan tezyurar poyezdlar Janubiy Koreyadan xarid qilinadi
18:21 / 10.11.2025