Jahon | 15:26 / 30.01.2017
9744
2 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg NATO Rossiyada tahdidni ko‘ryaptimi, degan savolga javob berdi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg BBC telekompaniyasiga bergan intervyusida bayonot berishicha, alyans NATOning sharqiy qanoti uchun RFning bevosita tahdidini ko‘rmayapti. 

"Biz ancha qat'iyatli Rossiyani, sezilarli harbiy kuchlar to‘planishini ko‘rmoqdamiz, ammo bevosita tahdidga guvoh bo‘layotganimiz yo‘q. NATO bunga oldindan javob berdi. Shuning uchun, biz tashkilotning sharqiy hududlariga birinchi marotaba harbiylarni joylashtirdik", — degan Stoltenberg HARDtalk dasturi boshlovchisi bilan suhbatda. 

"Biz Rossiya bilan ziddiyatga borishni, yangi sovuq urushini xohlamaymiz. Shu boisdan ham biz kuch hamda muloqot uchun ochiq kanallardan barobar foydalanmoqdamiz", — degan Stoltenberg.

Eslatib o‘tamiz, NATOning 2016 yil iyul oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan sammitida alyansning "sharqiy hududlarini mustahkamlash"ga qaror qilingan edi. Shu munosabat bilan, Litva, Latviya, Estoniya va Polshada ko‘p millatli xalqaro batalonlarni joylashtirishga kelishib olindi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid