Jahon | 08:09 / 31.01.2017
2863
2 daqiqa o‘qiladi

NATOning Estoniyadagi bataloni may oyida batamom shakllantiriladi

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Estoniyadagi batalonini shakllantirishni may oyida yakunlaydi. Bu haqda respublika bosh vaziri Yuri Ratas ma'lum qilmoqda, deb xabar qilgan TASS agentligi.

«Har ehtimolga ko‘ra, NATO batalonini may oyidagi «Bahorgi to‘fon» harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ko‘ramiz. Ushbu harbiy bo‘linmaga Buyuk Britaniya rahbarlik qiladi, bundan tashqari, Fransiya va Daniya ham kiradi», — degan bosh vazir.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilarning Estoniyaga kelishi munosabati bilan Estoniya mudofaa xarajatlarini oshiradi. 2017 yilgi byudjyetda harbiy xarajatlar YaIM (yalpi ichki mahsulot)ning 2,17 foizini tashkil etadi. 

«Hukmron koalitsiya doirasida 100 mln yevro miqdoridagi 3 yillik harbiy investitsiya dasturini amalga oshirishga ham qaror qilindi. Men buni tinchlik va xavfsizligimizga kiritilgan sarmoya deb bilaman», — degan Ratas.

NATOning 2016 yil iyul oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan sammitida Latviya, Litva, Estoniya va Polshada ko‘p millatli batalonlarni joylashtirishga kelishib olingan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid