Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyevning xalqqa maxsus murojaati bugun kechqurun e'lon qilinadi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 yanvar kuni kechqurun mamlakat telekanallari orqali maxsus chiqish qildi. Uning murojaati matni 31 yanvar oqshomida e'lon qilinadi.
Nursulton Nazarboyev so‘nggi bor 25 yanvar kuni xalqqa maxsus murojaat bilan chiqish qilgandi.
Telekanallar orqali qilgan chiqishi chog‘ida, Qozog‘iston prezidenti mamlakatda kutilayotgan konstitutsiyaviy islohot, jumladan, hokimiyat taqsimoti haqida gapirgan.
«25 yil davomida biz ikki modernizatsiyani amalga oshirdik. Birinchisi — bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan butkul yangi davlatning yaralishi. Ikkinchisi —«Strategiya—2050» loyihasi amalga oshirilishi va poytaxt Ostonaning barpo etilishi.
Bugun dunyoda texnologik yo‘nalishda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning yangi modeliga o‘tishni talab qilmoqda. Shu sababli xalqqa murojaatim Qozog‘istonning uchinchi modernizatsiyasiga bag‘ishlanadi. Bizning vazifamiz — mamlakatning yangi sharoitlardagi global raqobatbardoshliligini ta'minlash», — deya ta'kidlagan prezident.
U davlatning siyosiy modernizatsiyasi va yangi texnologik modernizatsiya bir-birini to‘ldirishi va mamlakatning uzoq muddatli rivojlanishi uchun xizmat qilishini bildirgan.
Prezidentning aytishicha, mamlakat faqat shu tariqa «Strategiya—2050» loyihasining asosiy maqsadi — Qozog‘istonning dunyoning eng rivojlangan 30 davlati qatoriga kirishiga erishishi mumkin.
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
20:04 / 29.12.2025