Jahon | 09:54 / 31.01.2017
4967
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro lavozimidan ketishga tayyorlanmoqda

foto : ria.ru

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro vitse-prezident Tariq Al-Aissamiga o‘z vakolatlari bir qismini topshirib, uning pozitsiyasini keskin kuchaytirdi.

Gaceta Oficial’da taqdim etilgan davlat rahbari qaroriga ko‘ra uning kamida 15ta vakolati endilikda Al-Aissamiga o‘tadi. Xususan, u vazirliklar o‘rtasida mablag‘larni taqsimlash, vazir o‘rinbosarlarini tayinlash, ekspropriatsiya (majburiy tarzda tortib olish) haqida farmonlarga imzo chekishi va strategik sohadagi korxonalarni qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etishi mumkin, deb xabar beradi Noticias24 portali.

Al-Aissami joriy yilning boshida vitse-prezident lavozimiga tayinlangandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari iste'foga chiqsa aynan vitse-prezident uning vakolatlarini o‘ziga oladi. 

Janubiy Amerikadagi eng yirik neft eksportchisi bo‘lgan Venesuelada so‘nggi oylarda vaziyat juda ham yomonlashdi. U yerda mahsulotlar yetishmovchiligi, juda ham katta pul qadrsizlanishi va neft narxi tushishi sabab davlat daromadining pasayishi kuzatilmoqda. Shuningdek mamlakatda hukumatning ijro va qonunchilik organlari o‘rtasida inqiroz yuzaga kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid