Jahon | 15:08 / 01.02.2017
5989
1 daqiqa o‘qiladi

Eron mudofaa vaziri ballistik raketa sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi

Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon mamlakat ballistik raketa sinovini o‘tkazganini tasdiqladi.

«Mudofaa vaziri Eron tomonidan yangi raketa sinovdan o‘tkazilganini tasdiqlaydi», - deya Eronning Tasnim agentligi xabaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Avvalroq bir qator OAV Eron yakshanba, 29 yanvar kuni Semnan shahri yaqinida ballistik raketa sinovini o‘tkazgani haqida xabarlar tarqatgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid