Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning eng baland ikkinchi binosi 500 mln dollarga ta'mirlanadi
AQShning balandligi bo‘yicha ikkinchi osmono‘par binosi – Chikago shahridagi Willis Tower’ni qayta tiklash va qisman ta'mirlashga qaror qilindi. Bu maqsadlarni amalga oshirishga 500 mln dollar sarflanadi, deya ma'lum qilgan megapolis hokimi Ram Emanuel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlar ushbu chorakda boshlanadi hamda 2019 yilda tugaydi. Ko‘pqavatli binoning 6-qavatida ko‘ngilochar hududni tashkil etish rejalashtirilgan. Unda kinoteatrlar, restoranlar va do‘konlar ham joylashadi. 103-qavatda joylashgan tomosha maydoni rekonstruksiya qilinadi. Umuman, loyiha binoning Chikago aholisi va mehmonlari orasida jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
"Farzandlarimizning aksariyati shaharning tarixiy qismini balandlikdan ko‘rmagan. Idora binolarini ko‘rishmagan, liftlarga chiqishmagan. Biz ushbu bino bolalarimiz hayotining muhim qismi bo‘lishiga erishmoqchimiz", - deb qayd etgan shahar hokimi.
Arxitektor Bryus Grem tomonidan loyihalashtirilgan Willis Tower 1974 yilda ochilgan. Minorada 108 qavat bo‘lib, balandligi 442,1 metrni tashkil etadi. Hozirda, Willis Tower AQShning ikkinchi, dunyoning 14- eng baland binosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026