Jamiyat | 12:34 / 02.02.2017
3709
1 daqiqa o‘qiladi

American Airlines Kubada vakolatxonasini ochdi

Amerikaning American Airlines aviakompaniyasi Kuba orolida o‘zining ilk vakolatxonasini ochdi. Bu haqda El Nuevo Herald nashri yozmoqda.

AQSh va Kuba davlati o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar 55 yil muqaddam to‘xtagan edi. U o‘tgan yil 31 avgustida qayta tiklandi. 

American Airlines esa Kuba bilan doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘ygan uchinchi Amerika aviakompaniyasi bo‘ldi. 2016 yil sentabridan Mayami – Senfuegos hamda Mayami – Olgin yo‘nalishlari bo‘yicha reyslar amalga oshirilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid